LEKSIK BIRLIKLARNI MEDIA VOSITALARI ORQALI O‘RGANISH TEXNOLOGIYASI

  • Qambaraliyeva Madina Ibrohimjon qizi — magistrant
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
380-388
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22847698

Annotatsiya

Mazkur maqolada xorijiy til, xususan, ingliz tilini o‘qitish jarayonida leksik birliklarni media vositalari orqali o‘rgatishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Leksik kompetensiyani rivojlantirish xorijiy tilni samarali egallashning muhim shartlaridan biri bo‘lib, o‘quvchining so‘z boyligi uning og‘zaki va yozma kommunikativ faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. An’anaviy yodlashga asoslangan usullardan farqli ravishda video, audio, elektron lug‘atlar, multimedia taqdimotlari, interaktiv topshiriqlar va raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish yangi leksik birliklarni kontekst asosida o‘zlashtirish imkonini beradi. Maqolada leksik materialni media vositalari yordamida taqdim etish, tushuntirish, mustahkamlash va kommunikativ faoliyatda qo‘llash bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, media vositalarining vizual, audial va interaktiv imkoniyatlaridan foydalanishning o‘quvchilarning motivatsiyasi, talaffuzi, lug‘at boyligi va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, media vositalaridan maqsadli, tizimli va pedagogik vazifalarga muvofiq foydalanish leksik birliklarni faol o‘zlashtirish hamda ularni real kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kalit so‘zlar: leksik birlik, leksik kompetensiya, media vositalari, multimedia, raqamli texnologiyalar, lug‘at boyligi, xorijiy til, ingliz tili, interaktiv ta’lim, kommunikativ kompetensiya

PDF yuklab olish