“KREATIVLIK” TUSHUNCHASINING MOHIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada “kreativlik” tushunchasining pedagogik va psixologik mohiyati, uning tarixiy shakllanishi va zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Kreativlikning ijodkorlik, kreativ tafakkur va ijodiy tafakkur tushunchalaridan farqli jihatlari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan yoritilgan. Turli tadqiqotchilarning kreativlikka bergan ta’riflari qiyosiy tahlil qilinib, kreativlik shaxsning nostandart fikrlashi, muammoli vaziyatlarga original yechim topishi, yangi va amaliy qiymatga ega g‘oyalarni ilgari surishi bilan bog‘liq murakkab qobiliyat sifatida talqin etilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida kreativ tafakkurni rivojlantirishning pedagogik shartlari, o‘qituvchining rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi roli hamda o‘quvchilarda kreativlik sifatlarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada ijodkorlik va kreativlik o‘rtasidagi farqlar tizimli ravishda ochib berilib, kreativlikning shaxsning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslangan.
Kalit so‘zlar: kreativlik, ijodkorlik, kreativ tafakkur, ijodiy tafakkur, original fikr, nostandart yechim, yaratuvchanlik, ijodiy qobiliyat, shaxs, ta’lim, pedagogik jarayon, kreativ shaxs