KOMBINATORIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK MATEMATIKA O‘QITUVCHILARINING KASBIY-METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada kombinatorik yondashuv asosida bo‘lajak matematika o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shartlari nazariy va metodik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi bo‘lajak matematika o‘qituvchilarida matematik vaziyatni turli nuqtai nazardan tahlil qilish, muqobil yechimlarni izlash, yechim strategiyalarini tanlash va ularni metodik jihatdan asoslash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shartlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, pedagogik kuzatuv va metodik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida kombinatorik yondashuvni variativ va muammoli topshiriqlar, bir masalani turli usullarda yechish, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, metodik tahlil, refleksiya va mustaqil qaror qabul qilish faoliyati bilan uyg‘unlashtirish bo‘lajak matematika o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish uchun muhim shartlardan biri ekanligi asoslandi. Kombinatorik yondashuvning imkoniyatlari faqat kombinatorika mazmunidagi masalalarni yechish bilan cheklanmasdan, o‘quv topshiriqlarini loyihalash, differensiallashtirish, o‘quvchilarning ehtimoliy xatolarini prognoz qilish va turli metodik yechimlarni baholash jarayonlarida ham namoyon bo‘lishi ko‘rsatildi.
Kalit so‘zlar: kombinatorik yondashuv, bo‘lajak matematika o‘qituvchisi, kasbiy-metodik kompetentlik, kombinatorik tafakkur, metodik tayyorgarlik, variativ masala, muammoli topshiriq, pedagogik shart, matematik kompetentlik