KO‘P AVLODLI OILALARDA AVLODLARARO MUNOSABATLAR VA O‘ZARO TA’SIRNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ko‘p avlodli oilalarda avlodlararo munosabatlar va o‘zaro ta’sirning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari mazkur oilalarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, oilaviy ahamiyatga ega masalalarni hal etishda qaysi avlod vakillarining fikri ko‘proq inobatga olinishi, katta avlod vakil-larining yoshlarning tanlovi va qarashlariga munosabati, kelishmovchiliklarning asosan qaysi avlod vakillari o‘rtasida yuzaga kelishi, qiyin vaziyatlarda oila a’zolarining bir-birini qo‘llab-quvvatlashi hamda kundalik oilaviy vazifalarning taqsimlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari asosida ko‘p avlodli oilalarda katta avlodning yetakchi mavqega ega bo‘lishi yosh avlod fikrining inkor etilishini anglatmasligi, shuningdek, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va kundalik kelishmovchiliklar bir oilaviy tizim doirasida bir vaqtda namoyon bo‘lishi yoritiladi.
Kalit so‘zlar: ko‘p avlodli oila, avlodlararo munosabatlar, o‘zaro ta’sir, qaror qabul qilish, kelishmovchiliklar, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, oilaviy vazifalar taqsimoti, katta av-lod, yosh avlod