KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA O‘QUV MOTIVATSIYASI SHAKLLANISHINING ETNOPSIXOLOGIK VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

  • Usmonova Shoira Siddiqovna — Andijon davlat universiteti “Psixologiya va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
261-269
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24412381

Annotatsiya

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv motivatsiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi etnopsixologik va ijtimoiy-psixologik omillar nazariy jihatdan tahlil qilingan. O‘quv motivatsiyasi bolaning individual qiziqishi yoki yuqori baho olishga intilishi bilangina cheklanmay, oilaviy tarbiya uslubi, milliy qadriyatlar, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar, tengdoshlar bilan hamkorlik, sinfdagi psixologik muhit hamda bolaning o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchi bilan uzviy bog‘liq murakkab psixologik jarayon sifatida yoritilgan. Shuningdek, o‘quv motivatsiyasining shakllanish mexanizmlari o‘zini o‘zi bel-gilash nazariyasi, ijtimoiy-kognitiv yondashuv va madaniy-tarixiy qarashlar aso-sida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida o‘quv motivatsiyasini rivojlan-tirishda oila, maktab va ijtimoiy-madaniy muhitning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.

Kalit so‘zlar: o‘quv motivatsiyasi, kichik maktab yoshi, etnopsixologiya, ijtimoiy-psixologik omillar, milliy qadriyatlar, oilaviy tarbiya, maktab muhiti, ichki motivatsiya, o‘quv faoliyati, madaniy muhit

PDF yuklab olish