KASBIY IDENTIKLIK VA PEDAGOGIK MA’NAVIYATNING O‘ZARO ALOQASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada pedagogning kasbiy identikligi va pedagogik ma’naviyati o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning ijtimoiy-psixologik va pedagogik asoslari tahlil qilingan. Kasbiy identiklikning mazmuni, tarkibiy komponentlari, shakllanish bos-qichlari hamda pedagogik ma’naviyat bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, pedagogning kasbiy “Men” konsepsiyasi, kasbiy qadriyatlari, refleksiv faoliyati, axloqiy mas’uliyati va professional rivojlanishining pedagogik faoliyat samaradorligidagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, tiz-imlashtirish, umumlashtirish va modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tahlil-lar asosida bo‘lajak pedagoglarda kasbiy identiklik va pedagogik ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: kasbiy identiklik, pedagogik ma’naviyat, kasbiy “Men”, pedagogik etika, kasbiy qadriyatlar, refleksiya, pedagogik mas’uliyat, kasbiy kompetentlik, o‘qituvchi shaxsi, professional rivojlanish, axloqiy kompetentlik