KASABA UYUSHMALARI XODIMLARIDA TASHABBUSKORLIK VA KONFORMLIK XUSUSIYATLARINING IJTIMOIY-DEMOGRAFIK OMILLAR KESIMIDAGI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLILI
Annotatsiya
Maqolada kasaba uyushmalari xodimlarida tashabbuskorlikning strukturaviy komponentlari va konformlik darajasining ijtimoiy-demografik omillar - jins, yosh, oilaviy holat va ish staji kesimida namoyon boʻlish xususiyatlari empirik tadqiq etilgan. Tadqiqotda Sirdaryo, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi kasaba uyushmalari boʻlimlarida faoliyat yurituvchi 211 nafar respondent (121 erkak,
90 ayol) ishtirok etib, I.A.Krupnovning “Tashabbuskorlik soʻrovnomasi” va S.V.Klauchek hamda V.V.Delarning “Konformlik” testi qoʻllanildi. Mann–Uitni U-mezoni, Kruskal–Uollis H-mezoni va Spirmenning rang korrelyatsiyasi yordamida oʻtkazilgan tahlil natijasida tashabbuskorlik komponentlarining ijtimoiy-demografik omillarga koʻra differensiallashish qonuniyatlari aniqlandi. Xususan, kognitiv komponent 36-55 yoshdagi, emotsional komponent esa 19-35 yoshdagi respondentlarda yuqoriroq; refleksiv komponent oila qurmaganlarda eng yuqori; konformlik esa ish staji ortishi bilan pasayib boradi. Korrelyatsion tahlil tashabbuskorlikning dinamik, emotsional va regulyator komponentlari konformlik bilan ijobiy bogʻliqligini koʻrsatdi. Olingan natijalar konformlik va tashabbuskorlikni qarama-qarshi emas, balki oʻzaro toʻldiruvchi psixologik resurslar sifatida talqin qilish zarurligini asoslaydi.
Kalit so‘zlar: tashabbuskorlik, konformlik, jins omili, yosh, ish staji, kasaba uyushmalari xodimlari, strukturaviy komponentlar, Mann-Uitni U-mezoni, korrelyatsion tahlil