JURNALISTIKA TALABALARINI KASBIY INGLIZ TILIGA O‘QITISH SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLINGVISTIK OMILLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada jurnalistika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga kasbiy yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish samaradorligiga ta’sir etuvchi psix-olingvistik omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, til materiallarini idrok etish, diqqat, xotira, kognitiv yuklama, motivatsiya, affektiv holat, nutqiy faoliyat va kommunikativ kompetensiyaning o‘zaro aloqadorligi yoritilgan. Shuningdek, jurnalistika sohasiga xos autentik matnlar, media materiallar, audio-vizual vositalar, kasbiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar hamda kommunikativ mashqlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot na-tijasida psixolingvistik omillarni hisobga olgan holda tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarning kasbiy leksik kompetensiyasi, nutqiy faolligi, matnni tahlil qilish va ingliz tilida professional muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim shart ekanligi aniqlangan.
Kalit so‘zlar: psixolingvistika, jurnalistika, kasbiy ingliz tili, psixolingvistik omillar, kommu-nikativ kompetensiya, kognitiv jarayonlar, motivatsiya, affektiv omillar, media matn, kasbiy kommunikatsiya