JURNALIST KASBIGA QO‘YILADIGAN INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK TALABLAR

  • O‘teniyazova Gulzada Jumaniyazovna — Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
324-332
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23720540

Annotatsiya

Maqolada jurnalist kasbiga qo‘yiladigan individual-psixologik talablar rus va o‘zbek psixologiya maktablari tadqiqotlari, mintaqaviy ilmiy ishlar hamda Yevropa jurnalistikashunosligi asosida tahlil qilingan. Professiografik yondashuvga muvofiq jurnalist psixogrammasining to‘rt komponentli modeli taklif etilgan: kognitiv-ijodiy, kommunikativ-empatik, emotsional-irodaviy va qadriyat-motivatsion kom-ponentlar. Har bir komponentning jurnalistning kundalik kasbiy faoliyatidagi ahamiyati, axborotni izlash va tekshirish, auditoriya bilan muloqot qilish, stressli vaziyatlarda ishlash hamda kasbiy-axloqiy qarorlar qabul qilishdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, bo‘lajak jurnalistlarning individual-psixologik xususiyatlarini rivojlantirish va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: jurnalist, kasbiy psixologiya, professiogramma, psixogramma, individual-psixologik xususiyatlar, kommunikativ kompetentlik, stressga bardoshlilik, tanqidiy tafakkur, kasbiy qadriyatlar

PDF yuklab olish