JISMONIY TARBIYA YO‘NALISHI TALABALARINING JISMONIY SIFATLARINI FUTBOL VOSITALARI ASOSIDA DIFFERENSIAL RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

  • Mahmadaminov Mamurjon Nurullo oʻgʻli — Toshkent davlat agrar universiteti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
192-200
Nashr sanasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya yo‘nalishi talabalarining jismoniy sifatlarini futbol vositalari asosida differensial rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Talabalarning individual jismoniy tayyorgarlik darajasi, funksional imkoniyatlari va jismoniy sifatlarining rivojlanganlik holatini hisobga olgan holda mashg‘ulot yuklamalarini differensial tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Futbolga xos yugurish, tezlanish, yo‘nalishni o‘zgartirish, to‘p bilan va to‘psiz harakatlanish, estafeta, koordinatsion hamda o‘yin mashqlaridan tezkorlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik va koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, jismoniy sifatlar, futbol vositalari, differensial yondashuv, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch, chidamlilik, koordinatsion qobiliyat, pedagogik diagnostika, mashg‘ulot yuklamasi

PDF yuklab olish