IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA LOYIHA ASOSIDA FIZIKA O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING MUHANDISLIK TAFAKKURI VA KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

  • To‘raxonov Fozil Bobonazarovich — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22132397

Annotatsiya

Maqolada ixtisoslashtirilgan maktablarda loyiha asosida fizika o‘qitish orqali o‘quvchilarning muhandislik tafakkuri va kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari yoritilgan. Loyiha faoliyatini fizik bilimlar, eksperimental tadqiqot, muhandislik loyihalash va raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashga asoslangan metodik model taklif etilgan. Modelda loyiha faoliyatining muammoni aniqlash, loyihalash va modellashtirish, prototip yaratish, eksperimental sinov, tahlil, takomillashtirish hamda refleksiya bosqichlari asoslangan. Shuningdek, real va virtual laboratoriyalar, raqamli simulyatsiyalar hamda muhandislik loyihalaridan foydalanishning o‘quvchilarning eksperimental, tadqiqotchilik, muhandislik va raqamli kompetentliklarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: ixtisoslashtirilgan maktab, fizika ta’limi, loyiha asosida o‘qitish, muhandislik tafakkuri, kasbiy kompetentlik, muhandislik loyihasi, virtual laboratoriya, raqamli texnologiyalar

PDF yuklab olish