ISPAN VA O‘ZBEK TILLARIDA “YOSH/EDAD” KONSEPTINING MILLIY-MADANIY KODLARI VA KOGNITIV MODELLARI

  • Achilova Zulxumor Po‘latovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
328-337
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24188105

Annotatsiya

Mazkur maqolada ispan va o‘zbek tillarida “Yosh/Edad” konseptining milliy-madaniy kodlari hamda kognitiv modellari qiyosiy-lingvokognitiv jihatdan tadqiq etiladi. Inson yoshining biologik, ijtimoiy, psixologik va madaniy hodisa sifatidagi mazmuni, uning ikki xalqning lisoniy ongida shakllanish xususiyatlari tahlil qi-linadi. Tadqiqot davomida bolalik, yoshlik, yetuklik va keksalik bosqichlariga oid leksik birliklar, frazeologik ifodalar hamda obrazli birikmalarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yosh konseptining biologik, vaqt, tabiiy, ijtimoiy va aksiologik kodlari aniqlanib, ularning ispan va o‘zbek tillarida ifodalanishidagi mushtarak hamda farqli jihatlar ochib beriladi. Tahlil natijalari yosh kategoriyasi universal biologik asosga ega bo‘lsa-da, uning konseptual mazmuni xalqning tarixiy tajribasi, ijtimoiy munosabatlari va milliy qadriyatlari ta’sirida shakllanishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: yosh, edad, konsept, lingvokulturologiya, kognitiv model, milliy-madaniy kod, kon-septuallashuv, biologik kod, vaqt kodi, ijtimoiy kod, aksiologik xususiyat, ispan tili, o‘zbek tili

PDF yuklab olish