ISH JOYIDAGI KORPORATIV STRESS VA U SABAB KELIB CHIQADIGAN FUNKSIONAL NEVROLOGIK BUZILISHLAR

  • Talipova Feruza Tairovna — Alfraganus universiteti “Psixologiya va pedagogika” kafedrasi dotsenti v.b., PhD
  • Amirova Nodira Shamshiyevna — Alfraganus universiteti psixologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
131-137
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23611288

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy ish muhitida korporativ stressning yuzaga kelish sab-ablari, uning xodimlarning ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’siri hamda funksional nevrologik buzilishlar bilan ehtimoliy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Ish yuklamasining ortishi, vaqt tanqisligi, boshqaruvdagi kamchiliklar, mehnat jamoasidagi nizolar va kasbiy talablarning yuqoriligi stressni kuchaytiruvchi omillar sifatida yoritiladi. Shuningdek, surunkali stressning kognitiv faoliyat, emotsional holat va asab tizimi faoliyatiga ta’siri, funksional nevrologik buzilishlarning klinik ko‘rinishlari, ularni aniqlash va oldini olish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada xodimlar salomatlig-ini muhofaza qilish, stressni boshqarish va sog‘lom psixologik ish muhitini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar: korporativ stress, kasbiy stress, funksional nevrologik buzilishlar, asab tizimi, kortizol, psixofiziologiya, ruhiy salomatlik, mehnat faoliyati, stress profilaktikasi

PDF yuklab olish