IRODAVIY FAOLLIKNING SHAXSIY VA GENDER DETERMINANTLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada irodaviy faollikning individual va gender xususiyatlari empirik tadqiqot natijalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda talabalarning mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, matonat, tirishqoqlilik, g‘ayratlilik, ziyraklik va sobitqadamlilik kabi irodaviy sifatlari o‘rganilgan. Psixodiagnostik tadqiqot 315 nafar talaba ishtirokida o‘tkazilib, olingan natijalar matematik-statistik usullar, xususan, Mann–Uitni mezoni yordamida tahlil qilingan. Natijalar-da ayrim irodaviy sifatlarning jins guruhlari bo‘yicha statistik ahamiyatli farqlari aniqlangan. Shuningdek, irodaviy faollikni rivojlantirishga doir psixologik tavsiya-lar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: iroda, irodaviy faollik, shaxs, gender, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, matonat, tirishqoqlilik, g‘ayratlilik, ziyraklik, sobitqadamlilik