IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA MOLIYAVIY NAZORAT XUSUSIDAGI NAZARIY QARASHLARNING RIVOJLANISHI

  • Turg‘unov Bahtiyor Nuriddinovich — Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 6-son
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.20988297

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida moliyaviy nazoratga oid nazariy qarashlarning rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Unda moliyaviy nazoratning an’anaviy shakllaridan raqamli nazorat tizimlariga o‘tish bosqichlari, shuningdek, sun’iy intellekt, “Big Data”, blokcheyn va elektron audit kabi texnologiyalarning nazariy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda moliyaviy nazorat konsepsiyalarining evolyutsiyasi, ularning zamonaviy iqtisodiy tizimlardagi o‘rni hamda raqamli transformatsiya sharoitida yuzaga kelayotgan yangi yondashuvlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy ilmiy maktablarning moliyaviy nazoratga oid qarashlari qiyosiy o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: Moliyaviy nazorat, raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, elektron audit, blokcheyn, sun’iy intellekt, Big Data, nazariy yondashuvlar, moliyaviy boshqaruv, raqamli transformatsiya

PDF yuklab olish