IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada ta’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Unda iqtidorli bolalarni aniqlash mezonlari, ularning bilish, intellektual va ijodiy xususiyatlari, shuningdek, pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash tamoyillari ochib berilgan. Iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirish bosqichlari, individual ishlarni tashkil etish, fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, ko‘rik-tanlovlar hamda sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilgan. Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash jarayonida fan o‘qituvchilari, psixologlar, ta’lim muassasasi rahbarlari, sinf rahbarlari va ota-onalarning asosiy vazifalari belgilangan. Iqtidorli bolalar ma’lumotlar bankini yaratish, individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning intellektual, ijodiy va shaxsiy salohiyatini rivojlantirish uchun qulay ta’limiy muhit yaratish zarurligi asoslangan. Shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash, rivojlantirish va amaliyotda ro‘yobga chiqarishda psixologik diagnostika hamda tizimli pedagogik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar: iqtidorli o‘quvchilar, iqtidorli bolalar, iqtidorlilik, qobiliyat, intellektual rivojlanish, ijodiy qobiliyatlar, psixologik diagnostika, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, individual ta’lim, ta’lim muhiti