IQTIDORLI BOLALAR TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA NAMOYON BO‘LISH BELGILARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada «iqtidor» va «iqtidorli bola» tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning psixologik xususiyatlari va namoyon bo‘lish belgilari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi iqtidorli bolalarni aniqlash-ning asosiy mezonlarini tizimlashtirish, iqtidorning kognitiv, ijodiy, motivatsion, ijtimoiy-emotsional va faoliyatga oid xususiyatlarini yoritish hamda ularni rivojlantirishga qaratilgan psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishdan ibo-rat. Maqolada J. Renzulli, F. Gagné, H. Gardner, L. Termen, B.M. Teplov, N.S. Ley-tes va boshqa olimlarning iqtidor haqidagi nazariy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtidorli bolalarga xos bo‘lgan yuqori o‘rganish tezligi, ijodiy fikrlash, bilishga qiziqish, ichki motivatsiya, perfeksionizm, yuqori sezgirlik, notekis rivojlanish va ijtimoiy moslashuv xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: iqtidor, iqtidorli bola, qobiliyat, layoqat, ijodkorlik, intellekt, psixodiagnostika, erta aniqlash, individual yondashuv, motivatsiya, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, ta’lim muhiti