INTERNETGA QARAMLIK VA SHAXS IJTIMOIY XULQ-ATVORI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK

  • Sultonbekova O‘g‘iloy Ilyosjon qizi — Farg‘ona davlat universiteti magistranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
305-315
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22644077

Annotatsiya

Mazkur maqolada internetga qaramlik va shaxs ijtimoiy xulq-atvori o‘rtasidagi psixologik bog‘liqlik masalasi tahlil qilinadi. Hozirgi raqamlashtirish jarayonida internetdan foydalanish inson hayotining ajralmas qismiga aylanib, shaxsning muloqoti, ijtimoiy munosabatlari va kundalik xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Internetdan me’yoridan ortiq va nazoratsiz foydalanish esa shaxsning real ijtimoiy muhit bilan munosabatlariga, kommunikativ faolligiga, ijtimoiy moslashuviga hamda xulq-atvorining ayrim jihatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada internetga qaramlikning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar, uning shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy xulq-atvor bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar: internetga qaramlik, raqamli muhit, ijtimoiy xulq-atvor, shaxs, internetdan foydalanish, ijtimoiy moslashuv, shaxslararo munosabatlar, kommunikativ faollik, virtual muloqot, psixologik omillar

PDF yuklab olish