INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA DINIY REALIYALARNI TADQIQ ETISHNING LINGVOMADANIY ASOSLARI

  • Xayitova Sevaraxon Nodirbek qizi — “Sales Up Technologies” MChJ, Ta’lim va malaka oshirish bo‘yicha o‘qituvchi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
332-338
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22977006

Annotatsiya

Mazkur maqolada diniy va marosimiy leksikaning lingvomadaniy xususiyatlari Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani hamda Mark E. Reese tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan “Bygone Days” asari materiallari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi diniy realiyalarning badiiy matndagi nominativ, lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlarini aniqlash hamda ularning tarjimada ifodalanish usullarini qiyosiy o‘rganishdan iborat. Diniy realiya tushunchasi faqat muayyan diniy tushunchani ifodalovchi lug‘aviy birlik sifatida emas, balki milliy-madaniy, tarixiy, diniy va assotsiativ komponentlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi murakkab lingvomadaniy birlik sifatida talqin qilinadi.

Kalit so‘zlar: diniy leksika, marosimiy leksika, diniy realiya, lingvomadaniy konsept, lingvomadaniyatshunoslik, tarjima, “O‘tkan kunlar”, “Bygone Days”, madaniy semantika

PDF yuklab olish