INGLIZ TILINI O‘RGATISHDA KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN FOYDALANISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rgatish jarayonida kompyuter lingvistikasi texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilingan. Tabiiy tilni qayta ishlash, korpus lingvistikasi, avtomatik yozma va og‘zaki nutq tahlili hamda generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining til ko‘nikmalarini rivojlan-tirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Xorijiy va milliy tadqiqotlar tahlili asosida sun’iy intellekt vositalarini o‘qituvchi faoliyati bilan uyg‘unlashtirish ingliz tilini individual o‘rgatish va ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti sifatida asoslangan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim muhitida kompyuter-lingvistik texnologiyalarni qo‘llashning istiqbolli yo‘nalishlari va integratsiyalashgan ta’lim modelini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: kompyuter lingvistikasi, ingliz tilini o‘qitish, tabiiy tilni qayta ishlash, korpus lingvistikasi, sun’iy intellekt, generativ AI, avtomatik baholash, nutqni tanish, indi-viduallashtirilgan ta’lim