INGLIZ TILINI O‘QITISHDA VEB-KVEST VA RAQAMLI KEYS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida veb-kvest va raqamli keys texnologiyalaridan foydalanib mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda raqamli ta’lim vositalarining o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari, tanqidiy fikrlashi hamda raqamli savodxonligini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Veb-kvest va raqamli keys usullarining didaktik xususiyatlari, ularni dars jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari hamda samarali qo‘llash shartlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalar asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning o‘quvchi faolligini oshirish, amaliy kommunikativ vaziyatlarni yaratish va mustaqil izlanish faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: Veb-kvest, raqamli keys, ingliz tilini o‘qitish metodikasi, raqamli ta’lim texnologiyalari, interaktiv ta’lim, kommunikativ kompetensiya, mustaqil ta’lim, tanqidiy fikrlash, innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli savodxonlik