INGLIZ TILINI O‘QITISH JARAYONIDA VEB-KVESTLAR VA RAQAMLI KEYSLARDAN FOYDALANISH METODIKASINING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida veb-kvestlar va raqamli keys texnologiyalaridan foydalanish metodikasining nazariy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy raqamli ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, tanqidiy fikrlashi, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari hamda raqamli savodxonligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Veb-kvest va raqamli keys texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari, ularning didaktik xususiyatlari hamda ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni samarali qo‘llashning pedagogik va psixologik shartlari, jumladan, o‘quv motivatsiyasi, metakognitiv strategiyalar, hamkorlikdagi ta’lim va o‘qituvchining metodik tayyorgarligi masalalari tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: veb-kvest, raqamli keys, ingliz tilini o‘qitish metodikasi, raqamli ta’lim texnologiyalari, kommunikativ kompetensiya, tanqidiy fikrlash, mustaqil ta’lim