INGLIZ TILINI O‘QITISH JARAYONIDA TALABA YOSHLARDA MADANIYATLARARO KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI: YEVROPA, SHARQIY VA JANUBI-SHARQIY OSIYO AMALIYOTINING QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya
Maqolada talaba yoshlarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha Yevropa, Sharqiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo universitetlarining tajribasi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot so‘nggi besh yil davomida nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilingan tadqiqotlarga asoslanib, to‘rtta asosiy savol doirasida olib boriladi: MMKni rivojlantirish maqsadi qanday belgilanadi, qanday mazmun o‘qitiladi, ta’lim jarayonida qanday metod va vositalardan foydalaniladi hamda erishilgan natijalar qanday baholanadi? Tahlil davomida har bir hududga xos yondashuvlarning kuchli va zaif jihatlari aniqlanadi, shuningdek, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida qo‘llanilayotgan samarali pedagogik yechimlar qiyosiy tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, qiyosiy pedagogika, virtual almashinuv, CEFR, lingua franca, oliy ta’lim