INGLIZ TILI O‘QITUVCHISINING IJTIMOIY-HISSIY KOMPETENSIYASINI BAHOLASH VOSITALARI
Annotatsiya
Maqolada ingliz tili o‘qituvchisining ijtimoiy-hissiy (SEL) kompetensiyasini baholashga mo‘ljallangan vositalar tizimi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida ishlab chiqilgan, amaliyotda qo‘llash qulay va treningdan oldingi hamda key-ingi o‘zgarishlarni aniqlashga mos baholash vositalarining ilmiy-metodik asoslarini bayon etishdan iborat. Tizim o‘z-o‘zini baholash so‘rovnomasi, yarim tuzilmali su-hbat, dars kuzatuvi rubrikasi va portfolioni qamrab oladi. Shuningdek, vositalarni ishlab chiqish tamoyillari, anonim kod orqali natijalarni o‘zaro bog‘lash, validlik va ishonchlilikni tekshirish hamda ma’lumotlarni tahlil qilish usullari ko‘rib chiqi-ladi. Taklif etilgan yondashuv o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturlari sama-radorligini baholashda qo‘llanishi mumkin.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy-hissiy kompetensiya, ingliz tili o‘qituvchisi, baholash vositalari, so‘rovnoma, Likert shkalasi, validlik, ishonchlilik, triangulyatsiya, kasbiy rivojlan-ish