INFORMATIKA TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKTNING DIDAKTIK FUNKSIYALARI VA «KOGNITIV AUGMENTATSIYA» KONSEPSIYASI

  • Jumayev Ilhom Nusratovich — Termiz davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
265-276
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22958493

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida informatika fanlarini o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan talabalarning intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vositasi sifatida foydalanishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy generativ sun’iy intellekt vositalarining ta’lim jarayoniga jadal kirib kelishi sharoitida ularning ta’lim oluvchining mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va kognitiv faolligiga ta’siri bir xil emasligi asoslanadi. SIning ta’limdagi o‘rniga doir «tafakkurga tahdid» va «universal yechim» tarzidagi ikki qutbli yondashuvlar tanqidiy tahlil qilinib, ular o‘rtasidagi muqobil yondashuv sifatida pedagogik boshqariladigan «kognitiv augmentatsiya» konsepsiyasi taklif etiladi. Mazkur konsepsiyaning subyektlik, zona va izlanish qoldig‘i qoidalari hamda «avval o‘zing – keyin SI» tamoyili ochib beriladi. Informatika ta’limida sun’iy intellektning adaptiv-individuallashtiruvchi, generativ-evristik, diagnostik-refleksiv va tyutorlik-fasilitativ funksiyalari tizimlashtiriladi.

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, informatika ta’limi, informatika o‘qitish metodikasi, intellektual-ijodiy qobiliyatlar, kognitiv augmentatsiya, didaktik funksiya, hisoblash tafakkuri, prompt-injiniring, yaqin rivojlanish zonasi, generativ sun’iy intellekt, kognitiv offloading

PDF yuklab olish