INFEKSION SURUNKALI KECHUVCHI KASALLIKLAR TUFAYLI QANDLI DIABETNING KELIB CHIQISHI VA KECHISHI
Annotatsiya
Ushbu maqolada infeksion surunkali kechuvchi kasalliklarning qandli diabet rivojlanishi va kechishiga ta'siri biokimyoviy hamda patofiziologik jihatdan tahlil qilingan. Surunkali yallig‘lanish, immun tizimidagi o‘zgarishlar, insulin rezistentligi, β-hujayralar shikastlanishi va oksidlovchi stressning diabet rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kasallikni erta tashxislash, davolash va profilaktikaning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar: qandli diabet, surunkali infeksiya, insulin rezistentligi, β-hujayralar, surunkali yallig‘lanish, oksidlovchi stress, giperglikemiya, sitokinlar, immun tizimi, glyukoza almashinuvi