IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASHNI IDROK ETISH JAZONI O‘TAB QAYTGAN XOTIN-QIZLAR REINTEGRATSIYASINING PSIXOLOGIK RESURSI SIFATIDA
Annotatsiya
Maqolada jazoni o‘tab qaytgan xotin-qizlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni idrok etishi va uning reintegratsiya bilan bog‘liqligi empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot 210 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan. Natijalar qo‘llab-quvvatlanganlik hissi yosh, hudud, jazo muddati, oilaviy holat va farzandlar soniga ko‘ra farqlanishini hamda reintegratsiya darajasi bilan kuchli musbat bog‘langanini (r=0,759) ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, reintegratsiya, jazoni o‘tab qaytgan xotin-qizlar, oilaviy qabul qilinish, onalik, jazo muddati, postpenitensiar yordam