IJODIY FAOLIYATNING FALSAFIY ASOSLARI VA RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA O‘ZGARISH XUSUSIYATLARI

  • Utamuradov A, — O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari nomzodi
  • Tulishov G‘.R — ISFT instituti mustaqil izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
61-69
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24187266

Annotatsiya

Maqolada ijodiy faoliyatning falsafiy mohiyati klassik estetika, erkinlik falsafasi va zamonaviy raqamli muhit nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Aristotelning poetik ijod, I. Kantning daho va estetik hukm, N. Berdyayevning ijodiy erkinlik haqidagi qarashlari M. Bodenning sun’iy intellektda ijodkorlik konsepsiyasi hamda L. Flo-ridining infosfera nazariyasi bilan qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli jamiyat sharoitida ijodiy subyekt, mualliflik, texnologik vositachilik va axloqiy javobgarlik masalalari yoritilgan. Nazariy-qiyosiy tahlil asosida raqamli ijodning to‘rtta muhim jihati: subyektlik, texnologik vositachilik, ijtimoiy-aksiologik baholash va axloqiy-huquqiy mas’uliyat ajratib ko‘rsatilgan. Ijodiy faoliyatni faqat yaratilgan mahsulot-ning yangiligi bilan emas, balki insoniy maqsad, mazmun, mustaqil fikrlash va mas’uliyat birligi asosida baholash zarurligi asoslangan.

Kalit so‘zlar: ijodiy faoliyat, ijod falsafasi, raqamli jamiyat, sun’iy intellekt, mualliflik, ijodiy erkinlik, estetik qadriyat, infosfera, raqamli etika

PDF yuklab olish