HARBIY XIZMATCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA MUNOSIB TAYYORLASH

  • Yadgarov Jamshid Narziyevich — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa “Umumqo‘shin tayyorgarligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent, podpolkovnik
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
114-122
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22848019

Annotatsiya

Mazkur maqolada harbiy xizmatchilarni zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmuni, tarkibiy tuzilishi va pedagogik-psixologik asoslari tahlil qilinadi. Harbiy xizmat sharoitida xizmatchidan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan bir qatorda murakkab vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, psixologik barqarorlikni saqlash, jismoniy tayyorgarlikni namoyon etish, jamoa bilan samarali hamkorlik qilish hamda kasbiy-axloqiy me’yorlarga rioya etish talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan, maqolada harbiy xizmatchining kasbiy tayyorgarligi kasbiy-bilim, amaliy-kompetensiyaviy, psixologik, jismoniy hamda kasbiy-axloqiy-motivatsion komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida yoritilgan. Shuningdek, kasbiy tayyorgarlikni diagnostika, individual rejalashtirish, integrallashgan mashg‘ulot, murakkab vaziyatlarni modellashtirish va yakuniy baholash bosqichlari asosida tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: harbiy xizmatchi, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy kompetensiya, psixologik barqarorlik, jismoniy tayyorgarlik, harbiy ta’lim, kasbiy motivatsiya, amaliy ko‘nikma, qaror qabul qilish, harbiy xizmat

PDF yuklab olish