HARBIY XIZMATCHI AYOLLAR HARBIY FORMA KIYIMLARINING EVOLYUTSIYASI: JAHON TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON QUROLLI KUCHLARIDA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

  • Samatova Lola Yusupovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
227-239
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22335239

Annotatsiya

Maqolada harbiy xizmatchi ayollar uchun mo‘ljallangan harbiy forma kiyimlarining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. XIX asrdagi harbiy-tibbiy xizmat kiyimlaridan boshlab, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari davrida ayollarning harbiy xizmatga keng jalb etilishi hamda XXI asrda funksional, ergonomik va antropometrik talablarga asoslangan zamonaviy harbiy kiyim va ekipirovka tizimlariga o‘tish jarayonlari yoritiladi. AQSh, Buyuk Britaniya va sobiq Sovet Ittifoqi tajribasi asosida an’anaviy «jaket–yubka» modelidan shim, kamuflyaj kiyimlari, taktik poyabzal va individual himoya vositalarini qamrab oluvchi zamonaviy tizimga o‘tish tendensiyalari ochib beriladi.

Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy kiyim-bosh tizimining mustaqillik yillaridagi rivojlanishi, 2017–2019-yillardagi modernizatsiya va milliylashtirish jarayonlari hamda mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ayol harbiy xizmatchilarning antropometrik xususiyatlari va O‘zbekistonning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda harbiy forma kiyimlarini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida harbiy xizmatchi ayollar formasining estetik farqlanishdan funksionallik, ergonomika, himoya va antropometrik moslashuvga asoslangan kompleks tizim tomon rivojlanayotgani asoslanadi.

Kalit so‘zlar: harbiy forma, ayol harbiy xizmatchilar, harbiy kiyim, forma dizayni, kamuflyaj, jangovar kiyim, ergonomika, antropometriya, harbiy ekipirovka, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari

PDF yuklab olish