GENERATIV SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI ASOSIDA O‘QUVCHILAR METAKOGNITIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada generativ sun’iy intellekt vositalari asosida o‘quvchilarning metakognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari tadqiq etilgan. Unda metakognitsiya tushunchasining mazmuni, uning o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatidagi ahamiyati hamda metakognitiv qobiliyatlarning asosiy komponentlari – rejalashtirish, monitoring, o‘z-o‘zini baholash va refleksiya tahlil qilingan. Shuningdek, generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z ta’lim faoliyatini nazorat qilishi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada generativ sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida o‘quvchini tayyor javobni qabul qiluvchi emas, balki o‘z bilim va faoliyatini tahlil qiluvchi faol subyekt sifatida shakllantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar asoslangan. Tadqiqot natijasida generativ sun’iy intellekt vositalari va metakognitiv strategiyalar integratsiyasining pedagogik imkoniyatlari tizimlashtirilgan hamda o‘quvchilarning metakognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi asosiy pedagogik shart-sharoitlar aniqlangan.
Kalit so‘zlar: generativ sun’iy intellekt, metakognitsiya, metakognitiv qobiliyatlar, metakognitiv strategiyalar, o‘quvchi, ta’lim jarayoni, refleksiya, o‘z-o‘zini baholash, monitoring, rejalashtirish, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt