GENERATIV SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING SHAXSIYLASHTIRILGAN METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

  • Mengturayeva Feruza Abdig‘afforovna — Mustaqil tadqiqotchi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 7-soni
Sahifalar
353-365
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21837169

Annotatsiya

Ushbu maqolada generativ sun’iy intellekt texnologiyalari, xususan yirik til modellariga asoslangan vositalarning ingliz tilini o‘qitish jarayonini shaxsiylashtirishdagi imkoniyatlari tadqiq etiladi. Muallif tomonidan diagnostika, adaptiv kontent generatsiyasi, real vaqt fikr-mulohazasi va monitoring bosqichlaridan iborat to‘rt komponentli model taklif etilgan. Pedagogik eksperiment davomida ushbu model qo‘llanilgan tajriba guruhi natijalari an’anaviy uslubda o‘qitilgan nazorat guruhi natijalari bilan qiyoslangan. Natijalar shaxsiylashtirilgan sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan o‘quvchilarda lug‘at boyligi, grammatik kompetensiya, yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarining sezilarli darajada o‘sganini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar: generativ sun’iy intellekt, ChatGPT, shaxsiylashtirilgan ta’lim, ingliz tili o‘qitish metodikasi, adaptiv o‘qitish, raqamli ta’lim texnologiyalari, tabiiy tilni qayta ishlash, CEFR.

PDF yuklab olish