GENERATIV SUN’IY INTELLEKT MATNLARI GALLYUTSINATSIYASINING STRUKTUR-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Generativ sun’iy intellekt matnlari aksariyat hollarda grammatik jihatdan to‘g‘ri, ravon va kompozitsion izchillik bilan shakllanadi. Shunga qaramay, grammatik to‘g‘rilik matnning semantik aniqligini to‘liq ta’minlamaydi. Bir fikrning yangi axborot sifatida qayta berilishi, tushuncha mazmunining matn davomida o‘zgarishi, referentning noaniqligi, sabab va natijaning mantiqan uzilib qolganligi, shuningdek, alohida gaplarning mazmunan to‘g‘ri bo‘la turib, umumiy xulosani asoslay olmasligi generativ matnlarda kuzatiladigan asosiy semantik gallyutsinatsiyalardir. Tadqiqotda bunday nomuvofiqliklar leksik-semantik, propozitsional, referensial va matn sathlarida ko‘rib chiqiladi. Tahlil generativ matn sifatini baholashda grammatik me’yor va fakt aniqligidan tashqari, mazmunning matn davomida qanday rivojlanishi ham e’tiborga olinishi lozimligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: generativ sun’iy intellekt, generativ matn, struktur-semantik nomuvofiqlik, semantik izchillik, propozitsiya, referensiya, kogeziya, kogerentlik, semantik siljish, semantik gallyutsinatsiya.