FUTBOL MASHG‘ULOTLARI ASOSIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR BILAN TASHKIL ETILGAN JISMONIY MASHG‘ULOTLARNING O‘SMIR-YOSHLAR JISMONIY FAOLLIGI KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRINI BAHOLASH

  • Musurmonov Husan To‘raqul o‘g‘li — Samarqand davlat pedagogika instituti “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi dotsenti v.b.
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
145-152
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23610948

Annotatsiya

Ushbu maqolada futbol mashg‘ulotlariga asoslangan innovatsion

pedagogik yondashuvlarning o‘smir-yoshlar jismoniy, texnik va funksional tayyor-garligi ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda Samarqand, Navoiy va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sport maktablarida shug‘ullanuvchi yosh futbolchilarning natijalari ko‘rib chiqildi. Mashg‘ulotlarda individual, jamoaviy va aralash shakllar, maqsadli mashqlar, hamkorlik topshiriqlari, turnir usuli, rolli o‘yinlar hamda rag‘batlantirish elementlaridan foydalanildi. Jismoniy tayyorgarlik tezkorlik, chaqqonlik, portlovchi kuch va kuch chidamliligi testlari orqali, texnik tayyorgarlik esa to‘p uzatish, darvozaga zarba berish, jonglyorlik va to‘pni nazorat qilish testlari orqali baholandi. Funksional tayyorgarlik yurak urish chastotasi, Ru-fye indeksi, Shtange va Gench sinamalari hamda PWC170 ko‘rsatkichi asosida tavsiflandi. Keltirilgan natijalarda tajriba guruhlarining bir qator ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan. Shu bilan birga, ma’lumotlarni statistik jihatdan to‘liq tekshirish va tajriba natijalarini ishonchli baholash zarurligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar: futbol, o‘smir-yoshlar, innovatsion yondashuv, jismoniy tayyorgarlik, texnik ma-horat, funksional tayyorgarlik, chaqqonlik, pedagogik texnologiya

PDF yuklab olish