EPISTEMIK TAFAKKURNI PSIXOLOGIK TADQIQ ETISHDA “EPISTEMIK TAFAKKUR SHKALASI” METODIKASINING IMKONIYATLARI

  • Raximova Aziza Davranbekovna — Innovatsion texnologiyalar universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
81-88
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22043937

Annotatsiya

Mazkur maqolada epistemik tafakkurni o‘rganishda “Epistemik tafakkur shkalasi” metodikasining nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Epistemik tafakkur shaxsning bilimni anglash, baholash va undan foydalanish jarayonidagi fikrlash xususiyatlarini ifodalaydi. Tadqiqotda epistemik tafakkurning psixologik mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda rivojlanish darajalari yoritilgan. Shuningdek, “Epistemik tafakkur shkalasi” metodikasining tuzilishi, qo‘llash tartibi va natijalarni interpretatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada mazkur metodika orqali talabalarning tanqidiy va refleksiv fikrlash ko‘nikmalarini aniqlash, ularning bilimga bo‘lgan munosabatini baholash hamda ta’lim jarayonidagi samaradorligini oshirish masalalari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari epistemik tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan psixologik-pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar: epistemik tafakkur, epistemik tafakkur shkalasi, refleksiv fikrlash, tanqidiy tafakkur, bilish jarayoni, psixologik metodika, ta’lim samaradorligi

PDF yuklab olish