EMOTSIONAL INTELLEKT FENOMENINI O‘RGANISHGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR

  • Azizova Sabina Fattaxovna — “LOGOSTUDIO” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
222-232
Nashr sanasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada emotsional intellekt fenomenini o‘rganishga doir asosiy ilmiy yondashuvlar nazariy-qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori emotsional intellektning psixologik konstrukt sifatidagi mazmuni, tarkibiy tuzilishi, nazariy chegaralari va uni diagnostika qilish tamoyillarining o‘zaro muvofiqligini aniqlashga qaratilgan. Unda P. Salovey, J.D. Mayer va D.R. Carusoning qobiliyat modeli, R. Bar-On va D. Goleman tomonidan ishlab chiqilgan aralash yondashuvlar, K.V. Petridesning trait emotsional intellekt konsepsiyasi hamda D.V. Lyusinning emotsional intellekt modeli mazmuniy va metodologik jihatdan qiyoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston psixologiyasida emotsional intellekt muammosining o‘rganilish holati, xususan, talabalik davri, kasbiy shakllanish va turli faoliyat subyektlarida emotsional intellektning namoyon bo‘lishiga bag‘ishlangan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari emotsional intellekt yagona mazmun va metodologik asosga ega konstrukt emasligini, uning mazmuni tanlangan nazariy modelga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shu sababli emotsional intellektni tadqiq etishda nazariy model, konstruktning mazmuniy chegarasi, diagnostik vosita va empirik natijalarni talqin qilish o‘rtasidagi metodologik muvofiqlik muhim shart sifatida belgilanadi.

Kalit so‘zlar: emotsional intellekt, emotsiya, intellekt, qobiliyat modeli, aralash model, trait emotsional intellekt, emotsional axborot, emotsional regulyatsiya, shaxs, psixologik diagnostika, individual farqlar

PDF yuklab olish