EMOTSIONAL-EKSPRESSIV VOSITALARNING PRAGMATIK FUNKSIYASI VA KOMMUNIKATIV TA’SIRI (To‘xtaxon Rahimova asarlari misolida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada emotsional-ekspressiv vositalarning pragmatik funksiyasi va ularning kommunikativ jarayondagi ta’sir xususiyatlari To‘xtaxon Rahimovaning bolalar adabiyotiga mansub asarlari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional-ekspressiv birliklarning faqat axborot yetkazish vositasi emas, balki so‘zlovchining hissiy-baholovchi munosabati, ijtimoiy pozitsiyasi, kommunikativ niyati va adresatga munosabatini ifodalovchi pragmatik birlik sifatidagi xususiyatlari ochib beriladi. Xususan, erkalash-kichraytirish affikslari, murojaat shakllari, undovlar, personifikatsiya, onomatopeya, takrorlar va punktuatsion vositalarning badiiy matndagi vazifasi o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar: emotsional-ekspressiv vositalar, pragmatika, pragmatik funksiya, kommunikativ ta’sir, kommunikativ niyat, ekspressivlik, emotsionallik, baholash, murojaat shakli, erkalash affiksi, undov, personifikatsiya, nutq vaziyati