DUAL TA’LIM ASOSIDA OZIQA-OVQAT TEXNOLOGIYASI VA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI YO‘NALISHI TALABALARINI KASBIY TAYYORLASH

  • Rajabov G‘iyosiddin Buvanor o‘g‘li — Namangan davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchisi
  • Muzaffarov Sarvar Sanjar o‘g‘li — TKTI Yangiyer filiali bo‘lim boshlig‘i
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
182-191
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22861308

Annotatsiya

Mazkur maqolada oziq-ovqat texnologiyasi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlari talabalarini kasbiy tayyorlashning dual ta’limga asoslangan pedagogik modeli tadqiq etilgan. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi oliy ta’lim jarayonida talabalarning nazariy bilimlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti o‘rtasidagi uzviylikning yetarli darajada ta’minlanmagani, shuningdek, bitiruvchilarning real ishlab chiqarish sharoitlariga moslashishida muayyan qiyinchiliklar mavjudligi bilan izohlanadi. Tadqiqotda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsad – mazmun – subyektlar – pedagogik shart-sharoitlar – natija izchilligi asosida pedagogik model ishlab chiqilgan. Shuningdek, kasbiy kompetensiyalarni baholash mezonlari va ularning past, o‘rta hamda yuqori darajalari belgilangan, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida dual ta’lim asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlanib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: dual ta’lim, kasbiy kompetensiya, oziq-ovqat texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish amaliyoti, pedagogik model, kompetensiyaviy yondashuv, tajriba-sinov, ish joyida ta’lim (work-based learning)

PDF yuklab olish