DESTRUKTIV XULQ-ATVOR: PSIXOLOGIK MAZMUNI, SHAKLLANISH OMILLARI VA PROFILAKTIKASI

  • Qodirov Umarali Do‘stqobilovich — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 7-soni
Sahifalar
7-17
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21859638

Annotatsiya

Mazkur maqolada destruktiv xulq-atvorning psixologik mohiyati, shakllanish mexanizmlari va profilaktikasining zamonaviy yondashuvlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda shaxs xulq-atvorining shakllanishida biologik, individual-psixologik, oilaviy va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri biopsixososial yondashuv asosida yoritilgan. Destruktiv xulqning psixologik determinantlari xorijiy va mahalliy psixologiya maktablarining ilmiy qarashlari asosida tahlil qilinib, shaxs rivojlanishi, ijtimoiy muhit, tarbiya va shaxslararo munosabatlarning mazkur jarayondagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, emotsional intellekt, psixologik rezilyentlik, samarali moslashuv strategiyalari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash destruktiv xulqning oldini oluvchi muhim himoya omillari sifatida asoslangan.

Kalit so‘zlar: destruktiv xulq-atvor, shaxs psixologiyasi, biopsixososial yondashuv, ijtimoiy muhit, agressiya, autoagressiya, psixologik profilaktika, psixokorreksiya, emotsional intellekt, rezilyentlik

PDF yuklab olish