“DESTRUKTIV DINIY G‘OYALAR” TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MAZMUNI VA UNING O‘SMIRLIK DAVRI XUSUSIYATLARI BILAN BOG‘LIQLIGI
Annotatsiya
Ushbu maqolada “destruktiv diniy g‘oyalar” tushunchasining ijtimoiy-psixologik mazmuni hamda uning o‘smirlik davriga xos psixologik xususiyatlar bilan bog‘liqligi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Destruktiv g‘oyalarning shaxsga ta’sir mexanizmlari, jumladan, ongni manipulyatsiya qilish, ijtimoiy izolyatsiya, axborot va xulq-atvorni nazorat qilish, shaxsiy identifikatsiyaga ta’sir ko‘rsatish masalalari yoritilgan. O‘smirlik davriga xos identifikatsiya inqirozi, ijtimoiy mansublik va tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj, hissiy beqarorlik hamda tanqidiy tafakkurning rivojlanish jarayonida ekanligi ushbu davrning turli destruktiv g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan nisbatan zaif bosqich ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, shaxs ongining shakllanishida ijtimoiy muhit, psixologik omillar va kompetensiyalarning ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, xorijiy va mahalliy ilmiy manbalarni qiyoslash, tizimlashtirish va umumlashtirish asosida amalga oshirilgan. Olingan xulosalar o‘smirlarni destruktiv diniy g‘oyalardan ijtimoiy-psixologik himoyalashga qaratilgan profilaktik dasturlarni ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: destruktiv diniy g‘oyalar, o‘smirlik davri, ijtimoiy-psixologik mazmun, identifikatsiya inqirozi, ongni manipulyatsiya qilish, psixologik zaiflik, diniy ekstremizm, ijtimoiy muhit, shaxs ongi