DAVLAT YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATI XODIMI IMIDJI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) xodimi kasbiy imijining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik determinantlar, ularning o‘zaro munosabati hamda xizmat faoliyati davomida namoyon bo‘lish xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda xodim imijining kognitiv, emotsional, xulqiy va kommu-nikativ komponentlari yaxlit psixologik tizim sifatida talqin qilingan. Empirik tadqiqotda 180 nafar DYHXX xodimi ishtirok etgan. Tadqiqot davomida V.V. Boy-koning empatiya darajasini aniqlash metodikasi, G. Gardnerning intellekt turlarini baholash yondashuvi, V. Ryaxovskiyning muloqotga kirishuvchanlik metodikasi hamda mualliflik so‘rovnomasidan foydalanilgan. Olingan natijalar xizmat staji or-tishi bilan xodimlarning kognitiv va kommunikativ ko‘rsatkichlari oshishi, emotsional komponent ko‘rsatkichlarida esa pasayish tendensiyasi kuzatilishini ko‘rsatgan. Shuningdek, kommunikativ kompetentlik, empatiya va shaxslararo in-tellektning kasbiy imij shakllanishidagi ahamiyati asoslangan.
Kalit so‘zlar: kasbiy imij, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, ijtimoiy-psixologik determi-nantlar, empatiya, kommunikativ kompetentlik, emotsional barqarorlik, kasbiy de-format¬siya, xizmat staji, shaxslararo intellekt, kasbiy muloqot