“CYBERTA’LIM” PLATFORMASI ASOSIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV KURSLARINI YARATISH VA O‘QITISHNING DIDAKTIK MODELINI TAKOMILLASHTIRISH

  • Kutlimuratov Anvar Saburovich — Nukus davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
404-415
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22911790

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining axborot xavfsizligi kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslarini yaratish va o‘qitishning didaktik modeli ilmiy-metodik jihatdan asoslangan. Axborot xavfsizligi ta’limini faqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan an’anaviy yondashuvdan kompetensiyaviy, faoliyatli va refleksiv ta’limga o‘tkazish zarurati asoslangan. “CyberTa’lim” elektron ta’lim platformasi asosida kurs mazmunini spiral-modulli tashkil etish, mikroresurslardan foydalanish, nazariy bilimlarni xavfsiz virtual-amaliy faoliyat bilan integratsiyalash, ko‘p mezonli diagnostika va adaptiv teskari aloqani ta’minlash mexanizmlari yoritilgan. Taklif etilayotgan didaktik modelning maqsadli-metodologik, mazmuniy-didaktik, faoliyatli-metodik, texnologik-funksional, diagnostik-monitoring va natijaviy-korreksion komponentlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, axborot xavfsizligi, CyberTa’lim, didaktik model, elektron ta’lim platformasi, axborot xavfsizligi kompetensiyasi, mikroresurs, modulli ta’lim, virtual-amaliy faoliyat, adaptiv ta’lim, monitoring, teskari aloqa

PDF yuklab olish