“CHINOR TAGIDAGI DUEL” FILMIDA NORTOY OBRAZI: AKTYORLIK MAHORATI, MILLIY XARAKTER VA KINEMATOGRAFIK TALQIN
Annotatsiya
Maqolada Melis Abzalovning “Chinor tagidagi duel” filmidagi Nortoy obrazi ak-tyorlik mahorati, milliy xarakter va kinematografik talqin nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Qahramonning institutga kira olmagani, muvaffaqiyatsizligini yashirishga urinishi, somon ko‘tarish bahsidagi xatti-harakatlari, qo‘ylarga radio o‘rnatish g‘oyasi, oilaviy va romantik munosabatlari hamda duel motivi bilan bog‘liq dramat-ik ziddiyat obrazning psixologik mazmunini ochib beruvchi jihatlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Nortoyning komik xatti-harakatlari shunchaki kulgi uyg‘otish vositasi emas, balki uning o‘zini namoyon etish istagi, orzu-umidlari va ichki ziddiyatlarini ifodalovchi badiiy vosita sifatida talqin etiladi. Shuningdek, Rashid Malikov ijro-sidagi obrazning badiiy ishonarliligi, aktyorlik talqinining milliy xarakter xususiyatlarini ifodalashdagi o‘rni hamda film dramaturgiyasidagi ahamiyati yori-tiladi.
Kalit so‘zlar: “Chinor tagidagi duel”, Nortoy, Rashid Malikov, Melis Abzalov, aktyorlik mahora-ti, milliy xarakter, komik obraz, kino dramaturgiyasi, psixologik talqin, o‘zbek ki-nosi