CHAQALOQLAR GIPERBILIRUBINEMIYASIDAN KEYINGI UZOQ MUDDATLI NEYRORIVOJLANISH NATIJALARI VA PATOGENETIK MEXANIZMLARI

  • Axmedova Firuza Mirzakirovna — Alfraganus University “Ichki kasalliklar” kafedrasi dotsenti v.b., PhD
  • Abdusalomova Yasmina — Alfraganus University davolash ishi yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
279-289
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24298680

Annotatsiya

Mazkur maqolada chaqaloqlar giperbilirubinemiyasining etiopatogenezi, bilirubin metabolizmining o‘ziga xos xususiyatlari va uning uzoq muddatli neyrorivojlanish oqibatlari mahalliy hamda xorijiy ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Fizi-ologik va patologik neonatal sariqlikning asosiy sabablari, bilirubinning markaziy asab tizimiga ta’siri, bilirubin ensefalopatiyasi, kernikterus va bilirubin bilan bog‘liq neyrorivojlanish disfunksiyalarining (BIND) rivojlanish mexanizmlari yori-tilgan. Shuningdek, erkin bilirubinning neyrotoksik ta’siri, mitoxondrial disfunksi-ya, oksidlovchi stress va neyronlar faoliyatining buzilishi kabi patogenetik jarayon-lar ko‘rib chiqilgan. Giperbilirubinemiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan eshitish, harakat, nutq va kognitiv rivojlanish buzilishlariga alohida e’tibor qaratil-gan. Erta diagnostika, bilirubinni noinvaziv aniqlash, zamonaviy fototerapiya va zarur hollarda almashtirib qon quyishning profilaktik ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: neonatal giperbilirubinemiya, neonatal sariqlik, bilirubin metabolizmi, bilirubin ensefalopatiyasi, kernikterus, neyrorivojlanish, BIND, gematoensefalik barer, erkin bilirubin, fototerapiya, eshitish neyropatiyasi

PDF yuklab olish