BUGUNGI AXBOROT VA INFORMATIKA INTEGRATSIYASI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING ALGORITMIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

  • Mirzoyev Xusravjon Boboraximovich — A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti mustaqil izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
351-359
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24412443

Annotatsiya

Mazkur maqolada bugungi axborotlashgan ta’lim muhitida

matematika va informatika fanlari integratsiyasi asosida o‘quvchilarning algoritmik tafakkurini rivojlantirishning nazariy va metodik jihatlari yoritilgan. Algoritmik ta-fakkur zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, ularni tarkibiy qismlarga ajratish, qonuniyatlarni aniqlash, matematik model-lashtirish va muayyan masalani hal etish ketma-ketligini ishlab chiqish qobili-yatlarini rivojlantiruvchi muhim kompetensiya sifatida talqin etilgan. Hisoblash ta-fakkurining dekompozitsiya, qonuniyatlarni aniqlash, abstraksiyalash va algoritm tuzish kabi asosiy komponentlari matematik faoliyat bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilingan. Shuningdek, GeoGebra dinamik geometriya muhiti va sodda dasturlash vositalaridan foydalanishga asoslangan to‘rtta integrativ topshiriq turi ishlab chi-qilgan hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llashning pedagogik shartlari asoslangan.

Kalit so‘zlar: algoritmik tafakkur, hisoblash tafakkuri, axborot texnologiyalari, informatika, ma-tematika, fanlar integratsiyasi, GeoGebra, dasturlash, matematik modellashtirish, dekompozitsiya, abstraksiyalash, algoritm

PDF yuklab olish