BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AXLOQIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Maqolada boshlang‘ich ta’limda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari qadriyatga yo‘naltirilgan, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan va o‘zini anglashga yo‘naltirilgan yondashuvlar uyg‘unligida tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va tarbiya sohasida olib borayotgan siyosati, Sharq mutafakkirlari merosi hamda zamonaviy yoshlar tarbiyasi, axloqiy rivojlanish va ijtimoiy-hissiy ta’lim g‘oyalari asosida yoritildi. Ilmiy adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil, kontekst tahlil, pedagogik modellashtirish va o‘z-o‘zini tahlil qilish usullarining imkoniyatlari asoslandi. Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida halollik, hurmat, mas’uliyat, adolat va mehr-oqibat kabi qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi uslubiy namuna taklif etildi.
Kalit so‘zlar: axloqiy qadriyatlar, boshlang‘ich ta’lim, qadriyatga yo‘naltirilgan yondashuv, zamonaviy yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy-hissiy ta’lim, oila-maktab hamkorligi, pedagogik modellashtirish