BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

  • Eldorbekova Sojidaxon Iskandarbek qizi — International school of finance technology and science instituti Boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishi talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 7-soni
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21754315

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Sun’iy intellekt vositalarining o‘quv jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning bilish faolligi va o‘quv motivatsiyasini oshirish, shuningdek, o‘qituvchining kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini ona tili, o‘qish, matematika va boshqa fanlarni o‘qitishda qo‘llashning didaktik imkoniyatlari hamda ularni joriy etish bilan boG‘liq pedagogik va axloqiy jihatlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalaridan maqsadli va pedagogik jihatdan asoslangan foydalanish boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, sun’iy intellekt, generativ sun’iy intellekt, pedagogik texnologiyalar, adaptiv o‘qitish, raqamli transformatsiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli kompetensiya, ta’lim samaradorligi

PDF yuklab olish