BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK DAVRIDA YOSH STOL TENNISCHILARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI: ERTA YOSH, HARAKAT ANIQLIGI VA HARAKATLANISH TEZKORLIGI

  • Ilyosova Maftunaxon Soyibjon Qizi — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tayanch doktaranti (PhD) ORCID
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
171-178
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22541417

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik davrida yosh stol tennischilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari tahlil qilingan. Ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida uchta o'zaro bog'liq masala ko'rib chiqilgan: birinchidan, jismoniy sifatlarni erta yoshdan rivojlantirishning afzalligi va 10-12 yoshning markaziy nerv tizimi plastikligi yuqori bo'lgan sezgir davr sifatidagi ahamiyati; ikkinchidan, harakat aniqligining tezkorlik, chaqqonlik, koordinatsiya, muvozanat va kuch kabi jismoniy sifatlar integratsiyasi natijasida shakllanuvchi murakkab qobiliyat sifatidagi mohiyati; uchinchidan, stol tennisi sport turida harakatlanish tezkorligining boshqa jismoniy sifatlar bilan o'zaro bog'liqligi.

Kalit so‘zlar: stol tennisi, boshlang'ich tayyorgarlik davri, jismoniy sifatlar, erta yoshdan rivojlantirish, harakat aniqligi, harakatlanish tezkorligi, koordinasion qobiliyatlar, sezgir davr

PDF yuklab olish