BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA TABIIY MATERIALLAR VA RANGLI QOG‘OZLARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK ASOSLARI

  • Radjabova Shahrizoda — Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali magistranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
426-434
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24300768

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida tabiiy materiallar va rangli qog‘ozlardan foydalanishning didaktik asoslari, ta’limiy va rivojlantiruvchi imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda pred-metli-amaliy faoliyatning bilish jarayonlari, ijodiy tafakkur, mayda motorika, es-tetik idrok va ekologik madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tabiiy mate-riallar va rangli qog‘ozlarning o‘ziga xos didaktik imkoniyatlari, ularni o‘zaro uyg‘unlashtirish usullari hamda dars jarayonida qo‘llashning pedagogik shartlari asoslab berilgan. Shuningdek, topshiriqlarni bosqichma-bosqich murakka-blashtirish, o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olish, xavfsiz mehnat muhitini yaratish va faoliyat natijalarini refleksiv baholash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola nazariy-metodik xususiyatga ega bo‘lib, bosh-lang‘ich ta’limda amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, texnologiya fani, tabiiy materiallar, rangli qog‘oz, didaktik im-koniyatlar, predmetli-amaliy faoliyat, ijodiy tafakkur, mayda motorika, estetik tarbiya, ekologik madaniyat

PDF yuklab olish