BOSHLANG‘ICH INGLIZ TILI TA’LIMIDA KOMMUNIKATIV FAOLIYATNING IJTIMOIY-HISSIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

  • Abdullayeva Munojot Muxtorovna — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti, PhD
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21937667

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ faoliyatning ijtimoiy-hissiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tavsiflovchi-tahliliy metod asosida faol tinglash, fikr almashish, dialog, guruhda ishlash, mojaroni muhokama qilish, rolli o‘yin, fikrni asoslash hamda qayta aloqa berish va qabul qilish kabi kommunikativ faoliyat elementlarining empatiya, o‘zini anglash, munosabatlar ko‘nikmalari, hamkorlik, o‘zini boshqarish, mas’uliyatli qaror qabul qilish va refleksiya bilan bog‘liqligi CASEL modeli asosida yoritiladi. Kommunikativ va ijtimoiy-hissiy rivojlanish parallel emas, balki o‘zaro ta'sirlashuvchi jarayonlar sifatida talqin qilinib, ularni yagona integrativ ta’lim tizimida rivojlantirish zarurati asoslanadi.

Kalit so‘zlar: ijtimoiy-hissiy ta’lim (IHT), kommunikativ faoliyat, ijtimoiy-hissiy kompetensiya, boshlang‘ich ta’lim, ingliz tili, faol tinglash, empatiya, hamkorlik, o‘zini boshqarish, refleksiya, integrativ rivojlanish

PDF yuklab olish